Forbes jurnali dunyoning eng nufuzli 100 nafar ayoli reytingini çop etdi. Unda ketma-ket 5-marotaba 1-örinni Germaniya kansleri Angela Merkel egalladi.

Reytingning 2-örnida Hillari Klinton qayd etildi, u 2004 yildan beri uşbu reytingdan joy olib kelmoqda. Bundan taşqari, eng nufuzli ayollar röyxatining yuqori öntaligiga Bill Geytsning rafiqasi va tadbirkor Melinda Geyts, AQŞ Federal zaxira tizimi rahbari Janet Yyellen, General Motors boş direktori Meri Barra, Xalqaro valyuta jamğarmasi rahbari Kristin Lagard, Braziliya prezidenti Dilma Rusef, Facebook direktorlar kengaşi a'zosi Şeril Sandberg, YouTube boş direktori Syuzen Vojiski va AQŞning amaldagi prezidenti Barak Obamaning rafiqasi Mişel Obama ham kiritilgan.

Bundan taşqari, uşbu röyxatga şou-biznes vakilalari – xonandalar Beyonse, Teylor Svift va Şakira, teleboşlovçi Opra Uinfri va aktrisalar Anjyelina Joli va Sofiya Vergara ham kiritildi.

Merkel 2011–2014 yillarda ham uşbu röyxatga yetakçilik qilgan. 2010 yilda ryxatning eng yuqori poğonasini Mişel Obama egallagan edi.