Istanbul xavfsizlik boşqarmasi 26 may keçki payt ekstremistik ruhdagi Maoçilar kommunistik partiyasi a'zolarini hibsga oliş böyiça yirik operatsiya ötkazdi. Bu haqda Anatoliya agentligi xabar bermoqda.
Hozirda 20 kişi hibsga olingan, biroq hibsga olinganlar soni ortişi mumkin.
Hammasi bölib operatsiyaga 800 ga yaqin politsiyaçi, jumladan Xavfsizlik boşqarmasining terrorçilikka qarşi bölimining maxsus vazifalarni bajaruvçi xodimlari jalb qilindi. Huquq-tartibot xodimlari politsiya vertolyoti yordamida Istanbulning 10 ta uyezdida 30 ta manzil böyiça oblavalar uyuştirişdi. Hibsga olingan partiya faollari yonidan ikkita avtomat, töpponça va katta miqdordagi partiya hujjatlari musodara qilindi. Ta'kidlanişiça, uşbu şaxslar 1 may kuni politsiyaçilar bilan töqnaşuvlarda iştirok etgan. Ular yuzlariga niqob taqqan holda politsiyaçilarga toş va yonuvçi aralaşma solingan idişlar uloqtirişgan.
Maoçilar kommunistik partiyasi Turkiyada ekstremistik qurollangan taşkilot hisoblanadi. Uning tarkibini mamlakatning boşqa kommunistik partiyalari va harakatlaridan çiqqan odamlar taşkil qiladi. Partiya öz faoliyatini mamlakatning bir neça viloyatlarida olib boradi.






