Milan sudi Uber taksilarga buyurtma beriş xizmatining öz xizmatlari uçun oladigan xizmat haqi past miqdorda bölgani uçun butun Italiya böylab uning faoliyatini töxtatib qöyişga qaror qildi. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar bermoqda.
Sud hakami Uber'ning öz xizmati uçun oladigan past xizmat haqi oddiy taksiçilar örtasida vijdonsiz raqobatçilikni yuzaga keltirayotganini ta'kidlab ötdi. Mamlakat hududida uşbu xizmat faoliyatining töxtatilişiga 15 kun muhlat berildi, aks holda kompaniyaga kuniga 22 ming dollarlik jarima solinişi mumkin.
Uber sudning qarori ustidan şikoyat qilişini hamda taksi xizmatidan yana ikki hafta davomida foydalaniş mumkinligini ta'kidlamoqda.






