Maşhur ingliz yozuvçisi Artur Konan Doylning vorislari Gollivudning “Miramax” kinostudiyasi bilan Bill Kondonning “Janob Xolms” filmi borasida sudlaşmoqda, deb xabar bermoqda The Guardian naşri.

Boş rolni Iyen Makkellen ijro etgan “Janob Xolms” (2015) filmi Mitç Kallinning “Janob Xolms asalarilari” kitobiga asoslangan hamda yozuvçi Artur Konan Doyl yaratgan genial izquvar Şerlok Xolms obrazining keksaygan paytlari haqida söylaydi.

Doylning vorislari Konan Doylning Xolms haqida 1923-27 yillarda yozgan 10 ta asari hali ham AQŞning mualliflik huquqi haqidagi qonuniga töğri kelişini iddao qilmoqdalar. Bu qonunda asar 95 yil davomida mualliflik huquqini saqlaşini nazarda tutadi. Da'vogarlarning fikriça, Kallin Doyl hikoyalaridagi köpgina detallardan foydalangan, demakki, film ijodkorlari Doylning vorislariga tavon puli tölaşlari va film namoyişidan tuşadigan daromadlarning bir qismi bilan bölişişlari kerak.

“Janob Xolms” filmi ilk bor Berlin kinofestivalida namoyiş etildi. Film tanqidçilar tomonidan ijobiy baholandi.