Rossiyada "Vympelkom" va MTS mobil tarmoqlari yangi loyihani joriy qilmoqda. Unga köra, mobil tarmoqlar öz mijozlari haqidagi ma'lumotlarni banklarga mijozlarning salohiyatini baholaş uçun taqdim qiladi.

Uşbu sinov loyihasida 20ta bank iştirok etadi. MTS tomonidan ma'lum qilinişiça, şunday loyiha işlab çiqilgan va hozirda bu loyiha texnik yeçim bosqiçida turibdi.

Qayd etiş kerakki, "Megafon" 2013 yildayoq öz mijozlari haqidagi ma'lumotlardan foydalanişni boşlagan, lekin bu ma'lumotlar kompaniyaning xizmatlarini optimallaştiriş maqsadida ötkaziladigan suhbatlar uçun foydalaniladi.

"Vympelkom" va MTS mijozlar haqidagi aynan qanday ma'lumotlardan foydalanilişini oşkor qilmagan. Naşrlarda yozilişiça, bunday ma'lumotlar sirasiga mijozlarning tölovlari, manzillari, sayohatga çiqiş grafiklarini kiritiş mumkin.