Tay boks böyiça xalqaro darajadagi sport ustasi, Jyermen Yyep ismli jahon çempioni mahalliy sport markazlaridan birining tay boks murabbiylari bilan hazillaşişga qaror qildi. Sportçi qiz özini tajribasiz qilib körsatib, tay boks böyiça maşğulotga keladi va murabbiylarga öz ustidan töygunlariça mazax qilişga imkon beradi. Biroq sparring boşlanganda hammasi boşqaça köriniş oldi, deb xabar bermoqda Mirror naşri.

Çop etilgan videodagi lavhalarda Jyermen Yyep dunyodagi eng xavfli yakkakuraş turlaridan biri bölgan tay boks maşğulotiga kelib, murabbiylardan bu kuraşning asoslarini körsatişni söragani aks etgan. Qiz murabbiylar uni tanib qolmasliklari uçun közoynak taqib olib, özini böşangina qizlarga öxşatib körsatgan.

Murabbiylar qizni zarbalar oğriqli bölişi mumkinligidan ogohlantirib, uning yuzlari va oyoqlariga bir neça marta zarbalar berişgan. Qiz nönoqlik bilan himoyalanişga harakat qilgan va biroz tanaffus qilişni söragan. Bir oz dam olib, çempion qiz bor mahoratini işga solib, murabbiylarni yer tişlatdi.