UYeFAning sobiq rahbari Lennart Yuxansson Rossiyada ötişi kerak bölgan 2018 yilgi Jahon çempionatini ötkaziş huquqini Angliyaga berişga çaqirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
“Nimalar sodir bölayotganidan hayron qolmasa ham böladi. Blatter FIFA prezidenti saylovlari u istagança ötişi uçun barça narsani qiladi. Afsus va nadomat bilan aytiş kerakki, dunyoning eng yirik futbol taşkilotida şunday yetakçi turibdi. Men haqiqatda afsusdaman”, deb aytdi Yuxansson.
Yuxansson FIFA 2018 yilgi va 2022 yilgi jahon çempionatlari böyiça qarorlarini qayta körib çiqişiga umid bildirmoqda.
“Angliyada jahon çempionati 1966 yildan beri ötkazilmayotgan edi, axir bu davlat futbol vatani hisoblanadi. 2018 yilgi jahon çempionati deganda, Angliyaga e'tiborni qaratiş lozim”, deb ta'kidlab ötdi Yuxansson.






