Vaşingtonda har yili an'anaviy tarzda ötkaziladigan Spelling Bee savodxonlik tanlovida kelib çiqişi hind bölgan ösmirlar ketma-ket sakkizinçi bor ğolib bölişdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
Tanlovning birdaniga ikki nafar iştirokçisi – Missuri ştatilik 14 yoşli Gokul Venkataçalam ismli ösmir bola va Kanzas ştatilik 13 yoşli Vaniya Şivaşankar ismli ösmir qiz 35 ming dollar miqdorida mukofot puli olişdi.
Tanlovning finalida ösmirlar 25ta murakkab sözni harflab aytib bera olişga muvaffaq bölişdi. Bu berilgan sözlardan Vaniyaga oxirgi bölib scherenschnitte (qora qoğozdan yasalgan siluet degan ma'noni beradi) va Gokulga nunatak (har tomondan muz bilan qoplangan toğ ma'nosini beradi) sözlari berildi.
Venkataçalam ötgan yili ham bu tanlovda iştirok etgan va 3-örin bilan kifoyalangan. Vaniya Şivaşankarning opasi Kaviya 2009 yildagi tanlov ğolibi bölgan edi.
Bu yili Spelling bee tanlovi 90-marotaba ötkazildi. Unda 283 nafar ösmir iştirok etdi.






