Özbekistonda 2015 yil 1 aprel holatiga köra litsenziya muddati amalda bölgan 542 ta nodavlat ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ulardan 1 ta oliy ta'lim (Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti), 155 ta maktabgaça ta'lim, 34 ta umumiy örta ta'lim, 54 ta maktabdan taşqari, 298 ta kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş yönalişida. Bu haqda Davlat test markazi ma'lumotlariga tayanib, “Sabo” gazetasi xabar bermoqda.

Nodavlat ta'lim muassasalarining aksariyati (400 ta) poytaxtda joylaşgan. Keyingi örinlarda borayotgan Farğona va Samarqand viloyatlarida bu körsatkiç tegişli ravişda 30 va 21 tani taşkil etadi.
NTMlar berilayotgan litsenziyalarning amal qiliş muddati - 5 yil.