Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegişli Il-76 rusumli samolyot orqali Suriyadan Rossiya va MDH davlatlari fuqaroligiga ega bölgan kişilar evakuatsiya qilindi. Bu haqda Rossiya FVV matbuot xizmatiga asoslangan holda TASS naşri xabar bergan.

"Il-76 samolyoti Suriyaning Latakiya şahridan Moskva vaqti bilan 28 may kuni soat 19:05da bortida 80 kişi bilan havoga kötarildi. Samolyotdagi yölovçilarning 66 nafari Rossiya, 7 nafari Belarus, 4 nafari Ukraina va 3 nafari Özbekiston fuqarolari hisoblanadi", deyiladi xabarda.

Yölovçilarning 34 nafari bolalar ekani aytilmoqda.

Samolyot Domodedovo aeroportiga qöngan.

Biroz oldinroq, Il-76 samolyoti Latakiyaga 21,5 tonni insonparvarlik yordami olib borgani haqida xabar qilingandi.

Uşbu işlar Rossiya va Suriya hukumatlari kelişuvi asosida amalga oşirilmoqda.

Qayd etiş joizki, oxirgi yil davomida Rossiya tomonidan Suriyaga jami 530 tonnadan ortiq oziq-ovqat hamda tibbiy vositalarni öz içiga olgan insonparvarlik yordamlari yetkazib berilgan. Öz navbatida rus samolyotlari mamlakat hududidan Rossiya va boşqa MDH davlatlari fuqarolari bölgan 1,1 ming nafardan ortiq kişini evakuatsiya qilgan.