30 may kuni Yangi Zelandiyada 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Jahon çempionatiga start berildi.
Kiçik mundialning dastlabki öyinida maydon egalari Yangi Zelandiya yoşlari ukrainalik tengdoşlariga qarşi maydonga tuşişdi. Öyinda hisob oçilmadi. Bugungi kun taqvimidan AQŞ – Myanma, Argentina – Panama va Gana – Avstriya uçraşuvlari örin olgan.
Mazkur musobaqada Özbekiston vakillari ham iştirok etmoqda. Ravşan Haydarov boşçiligidagi terma jamoa guruhdagi dastlabki öyinni 1 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 09:00da boşlaydi. Ularga Gonduras U-20 terma jamoasi raqiblik qiladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston U-20 joylaşgan “F” guruhdan Gondurasdan taşqari Germaniya va Fiji termalari joy olişgan.
Quyida çempionat ötkaziladigan şaharlar va öyingohlar haqida ma'lumot beriladi.

1. Oklend şahri. Yangi Zelandiyaning iqtisodiy poytaxtiga 1840 yilda asos solingan. Şahar aholisi 1,4 mln kişini taşkil etadi

Şahardagi North Harbour Stadium markaziy öyingohi 1997 yilda qurilgan bölib, 25 317 kişini özida siğdira oladi.

2. Danidin şahri Yangi Zelandiyaning janubidagi ikkinçi orolidagi kiçik şaharça bölib, bu şaharga 1848 yilda asos solingan. Ayni vaqtda bu yerda 120 ming kişi istiqomat qiladi.

Şahardagi Otago Stadium stadioni 2011 yilda barpo etilgan. Bu öyingoh tribunalarida 23 095 kişi ötirib, öyinlarni tomoşa qilişi mumkin böladi.

3. Nyu-Plimut şahri Tarakana tumanining ma'muriy markazi hisoblanadi va bu şahar dengiz qirğoğida joylaşgan. Şahar aholisi 74 ming kişidan iborat.

Şahardagi markaziy futbol stadioni Stadium Taranaki deb nomlanadi va bu stadion 2002 yilda qurilgan, siğimi 18709 kişi.

4. Fangarei Yangi Zelandiyaning eng kiçik şaharlaridan biri bölib, toğ etagidagi bu şahar 1839 yilda barpo etilgan. Ayni vaqtda bu yerda 54 ming kişi istiqomat qiladi.

Northland Events Centre stadioni 1965 yilda qurilgan. Siğimi esa 8016 kişi hisoblanadi.

5. Özbekiston terma jamoasi turnirdagi ilk öyinlarini ötkazadigan Kraysterç şahri 1848 yilda bino bölgan. Yirikligi böyiça mamlakatda uçinçi örinda turadigan bu şaharda 341 ming kişi umrguzaronlik qiladi.

Mamlakatning eng köhna stadioni Christchurch Stadium 1912 yilda qurilgan. Bu öyingohda 17308 kişi bahslarni kuzatişi mumkin böladi.

6. Gamilton şahri 1830 yilda barpo qilingan va hozirda bu şaharda 153 ming kişi yaşaydi.

Daryoning ikki yoqasidagi bu şaharning markaziy öyingohi Waikato Stadium 2002 yilda foydalanişga topşirilgan. Siğimi - 24237 tomoşabin.

7. Vellington Yangi Zelandiyaning rasmiy poytaxti hisoblanadi. Bu şahar orol içkarisidagi köl atrofida 1840 yilda barpo bölgan. Şahar aholisi 393 min kişi.

Wellington Regional Stadium öyingohi 2000 yilda qurilgan bölib, 35187 nafar tomoşabin uçun möljallangan.






