Londonning eng kambağal qismi Uels va Şimoliy Irlandiyaning eng ta'minlangan tumanlaridan boyroq ekanligi ma'lum böldi, deb milliy statistika boşqarmasi bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda yozmoqda The Independent naşri. Ta'kidlanişiça, bunday xulosa britaniyalik uy xöjaliklarining sof daromadi haqidagi ma'lumotlar asosida çiqarilgan.
Statistika böyiça, Londonning Barking, Dagenem va Xavering tumanlari eng kambağal tumanlar hisoblanadi, bu yerda aholi jon boşiga örtaça sof daromad yiliga 16,8 ming funt sterlingni taşkil qiladi. Bu Buyuk Britaniya poytaxtining öziga töq tumanlaridagi körsatkiçdan 2,5 barobar kamroqni taşkil qiladi.
Pouis Uelsning eng boy tumani deb topilgan, bu yerda örtaça yillik sof daromad 16,7 ming funt sterlingni taşkil qiladi. Şimoliy Irlandiyaning eng boy tumani deb Taşqi Belfast topilgan, bu yerda örtaça yillik sof daromad 15,2 ming funt sterlingni taşkil qiladi.
Londonning eng ta'minlangan uy xöjaliklari Vestminsterda ekanligi ma'lum böldi. Bu yerda örtaça yillik sof daromad 43,6 ming funt sterlingni taşkil qiladi.
Naşrning ta'kidlaşiça, Londondagi yuqori darajadagi örtaça yillik sof daromad qayd qilingan tumanlarning hamma aholisi yoki köpçiligi ham öziga töq odamlar ekanligini anglatmaydi.






