Joriy yilda Qirğizistonda tomçilatib suğoriladigan dalalarning umumiy maydoni 4,5 ming gektarga yetkazilişi rejalaştirilmoqda . Bu haqda Qirğiziston qişloq xöjaligi va melioratsiya vaziri Taalaybek Aydaraliyev ma'lum qildi.

Aydaraliyev ayni kunda mamlakatda 250 gektardan köproq yer tomçilatib suğoriş tizimiga egaligini ta'kidlab ötdi. Örtaça hisobda 1 gektar maydonga bu tizimni örnatiş uçun 1,5 ming dollar sarflanadi.

Qirğizistonda resurslarni tejovçi texnologiyalarni faolroq joriy qiliş uçun fermerlarni öqitiş böyiça işlar olib borilmoqda.

“Ötgan yilning sentabr oyida 20 nafar fermerni ular zamonaviy tomçilatib suğoriş tizimlari bilan yaqindan tanişişlari uçun Xitoyga olib bordik. Xitoyda 1,2 mln gektar yer maydonining 900 ming gektarida uşbu tizim joriy qilingan”, deb aytdi Aydaraliyev.