AQŞlik 39 yoşli Riçard Norrisga ölgan odamning yuzi köçirib ötkazildi. Norrisga avtohalokatda halok bölgan 21 yoşli Joşua Aversanoning yuzi köçirib ötkazildi. Bu haqda Metro portali xabar bermoqda.

Yuzni köçirib ötkaziş böyiça operatsiya 36 soat davom etdi, bundan keyin mijozning yaşab ketişi 50 foizni taşkil qilgan.

Riçard 1997 yilda özining boşiga beixtiyor öq uzganda yuziga şikast yetkazgan edi. U 30 dan ortiq plastik jarrohlik operatsiyalarini boşidan ötkazgan, biroq kutilgan natijaga erişa olmagan. Unga halok bölgan ösmirning oilasi yordam berdi. Ular öz farzandlarining yuzini köçirib ötkazişga rozi bölişdi.
“Biz oğir judolikni boşimizdan ötkazgan bölsak ham unga yordam berganimizdan juda xursandmiz”, deb aytdi halok bölgan ösmirning onasi.
Ayol qandaydir ma'noda Riçardda öz farzandini köra olişi mumkinligini qöşimça qilib ötgan.
Bu voqea haqida CTV News telekanali bir soatlik film suratga oldi. Unda Joşua Aversanoning singligisi Riçard bilan tanişişga keladi. Körsatuv anonsida qiz Riçardning uyiga kiradi, uning yangi yuzini körib, unga qölini tekkazib körişni söraydi. “Men bu yuz yonida ösgandim”, deydi qiz. Film 31 mayda AQŞda namoyiş etiladi.
Ma'lumot uçun, odamzod tarixida ilk bor rossiyalik dasturçiga boş köçirib ötkaziladi. Bu operatsiya 2017 yilda ötkazilişi rejalaştirilgan. 30 yoşli rossiyalik orqa muşak atrofiyasi sindromidan aziyat çekadi.