Avstraliyaning Northern Saints jamoasi futbolçisi Muhammadali Jamil Alluş öyin çoğida yurak xurujiga uçrab, vafot etdi. The Herald Sun naşrining yozişiça, voqea 30 may kuni Melburn stadionlaridan birida Avondale Heights jamoasiga qarşi keçgan uçraşuv çoğida sodir bölgan.
Birinçi taymda gol urgan Alluş tösatdan öt ustiga yiqilgan. 21 yoşli futbolçiga yordam körsatiş uçun murabbiylar va tibbiyot xodimlari oşiqqan. U oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan va öşa yerda vafot etgan. Uning yurak xurujiga uçragani aniqlandi.
Futbolçining qarindoşlari bergan ma'lumotlarga qaraganda, Alluş oxirgi paytlarda ortiqça vazn töplaganidan bezovta bölib, parhezga kirgan va trenajyer zaliga qatnay boşlagan edi.






