Internetda Virginiya orollari yaqinida erkin suzib yurgan “Venera” yaxtasining suratlari paydo böldi. Ta'kidlanişiça, Stiv Jobs umrining oxiriga qadar uşbu kemaga zeb beriş bilan şuğullangan.

Yangi suratlar yaxtaning taşqi körinişi va ayrim içki detallarini tölaqonli namoyiş etib bera oladi. “Venera” ilgari ham suratga olingan edi, ammo safargi fotosuratlar ilgarigilaridan sifati bilan ajralib turadi.

Yaxtani yaratiş uçun Jobs fransiyalik dizayner Filipp Starkka murojaat qilgan. Bunga qadar Jobs dösti Larri Elisonning yaxtasida bir neça marta dam olgandi. Şundan söng u öz yaxtasiga ega bölişni niyat qildi.

Ammo Jobs vafot etgaç, “Venera” qurilişi yakunlanmay qoldi. Buning uçun yana bir yil sarflandi, ammo işlar yakunlanmadi.

Vanity Fair jurnaliga bergan intervyusida Stark yaxtada 6ta yotoqxona va uy avtomatika majmuasi borligini ma'lum qildi.

“Stiv uning bolalari yaxtada vaqt ötkaza olişini, özi esa şu paytning özida kayutada dam olişni niyat qilgandi. Tinçlik uning uçun muhim jihat edi. Uning uyidagilar oyoq uçida yurardi. Bolalari ham, rafiqasi ham, iti ham şovqin solmasdi”, – uning sözlarini keltiradi naşr.

Bugungi kunda yaxta Jobsning turmuş örtoği Loren Pauell Jobsga tegişli.