AQŞdagi Kremniy vodiysida joylaşgan Utilizatsiya markazi Apple işlab çiqargan ilk şaxsiy kompyuterlaridan biri bölgan noyob kompyuterni çiqindi sifatida topşirib yuborgan ayolni qidirmoqda. Uşbu Apple I rusumidagi kompyuterning narxi 200 ming dollarga yaqinni taşkil qiladi, deb xabar bermoqda kompaniya.
SanJoseMercuryNews naşrining yozişiça, ayol öz erining ölimidan keyin uyini tozalayotgan paytda eriga tegişli bölgan elektronika solingan bir neçta qutini utilizatsiyaga topşirib yuborgan. Çiqindilar orasida Apple I kompyuteri ham bölgan. Bu kompyuter yaqinda şaxsiy kolleksiyalardan biriga sotib yuborildi. Şu munosabat bilan utilizatsiya kompaniyasi ayolga uşbu kompyuter uçun 100 ming dollar berişga tayyorligini aytmoqda.

Apple I kompyuteri Apple asosçilari Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ron Ueyn tomonidan yaratilgan şaxsiy kompyuterning ilk modellaridan hisoblanadi. Kompyuter 1976 yilda 200 dona miqdorida işlab çiqarilgan.