29 may kuni Qirğizistonda Milliy Olimpiya qömitasi prezidentligiga saylovlar bölib ötdi. Unda Jöqorği Kengaş deputati Şarşenbek Abdukarimov ğalaba qozondi, deb xabar beradi Qirğiziston telegraf agentligi.
Ovoz berişda Milliy Olimpiya qömitasining 44 a'zosidan 37 nafari iştirok etdi; ularning köpçiligi Abdukarimovni qöllab-quvvatladi. Jismoniy tarbiya va sport böyiça davlat agentligi xodimlarining e'tirof etişiça, Abdukarimov boşçiligidagi kuraş federatsiyasi ikki marta Qirğizistondagi eng yaxşi federatsiya nomini olgan.
Bundan taşqari, Abdukarimov “Ayu” aroq işlab çiqaruvçi zavodlar tarmoğining xöjayini hisoblanadi. U “Qirğiziston” partiyasining yetakçisi hamdir.






