Qozoğistonda sayğoqlarning ommaviy halok bölişi Özbekiston bilan boğliq emasligi aytildi. Bu haqda Qözoğiston Qişloq xöjaligi vazirligi ma'lumotlariga asoslanib, xabar qilingan.
Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligining Örmon xöjaligi va jonivorlar dunyosi qömitasi vakili Bagdat Azibayev Rosselxoznadzor tomonidan Qozoğistondagi sayğoqlar Özbekiston hududidan kelgan kasallik tufayli ölayotgani haqida qilingan çiqişni inkor qildi.
Uning sözlariga köra, Özbekistonda va Özbekiston çöllari bilan çegaradoş bölgan Ğarbiy Qozoğiston hududida bunday kasalliklar qayd etilmagan.
"Kangalinskaya hududi yopilgan. Özbekiston tomonidan infeksiya tarqalişi mumkin emas", deydi u Today.kz naşriga bergan intervyusida.
Qozoğiston Qişloq xöjaligi vaziri Asiljon Mamitbekov ayni vaqtda Qustanay, Oqmöla va Oqtöba viloyatlarida xastalik tufayli halok bölgan sayğoqlarning miqdori 127145 nafardan oşganini ma'lum qilgan.






