Rossiyaning Omsk viloyatida ikki nafar Özbekiston fuqarosi çegarani buzganligi uçun qamoqqa hukm qilindi.
Isilköl şahar sudi 27 yoşli Igor Lisenko va 22 yoşli Abdurahim Ohunovni davlat çegarasini noqonuniy buzişda ayblab, tegişli jazoga hukm qildi. Sud jarayonida aniqlanişiça, 2015 yilning 31 yanvar kuni ular mamlakatda böliş qoidalarini buzganliklari bois Rossiya hududidan çiqarib yuborilgan.
Lekin oradan ikki kun ötib, özbekistonliklar Isilköl tumanidagi Roslavka qişloği yaqinida davlat çegarasini noqonuniy kesib ötgan va Rossiya hududiga yana kirgan. Ular Omsk şahriga kelib, mehnat faoliyati bilan şuğullanişi kerak edi.
Çegara qismlari tomonidan ötkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida huquqbuzarlar aniqlanib, qölga olingan va sudga topşirilgan. Lisenko sud tomonidan 6 oyga, Ohunov esa 1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.






