Timsoh terisidan işlangan qirmizi rangdagi Hermes Birkin sumkasi Gonkongda Christie's International Plc auksionida rekord darajadagi narxga – 1,72 mln gonkong dollariga (223 ming AQŞ dollari) sotildi.
2014 yilda işlab çiqarilgan uşbu sumka xonanda va aktrisa Jyeyn Birkinning şarafiga uning nomi bilan atalgan.
Hermes sumkasi uçun tölangan avvalgi rekord qiymat 203 ming dollarni, barça brendlar orasida eng qimmat sotilgan sumka esa 218,5 ming dollarni taşkil qilayotgan edi. Aktrisa Elizabet Teylorga tegişli bölgan bu sumka 2011 yilda Nyu-Yorkda Christie's auksionida sotilgan edi.






