Özbekiston San'at muzeyida “Sen Yolg’iz Emassan” Respublika jamoatçilik bolalar jamğarmasi tomonidan taşkil etilgan “Mening ezgu orzuim” bolalar rasmlari körgazmasi bölib ötdi. Körgazmaning mavzusi 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuniga bağişlangan bölib, bu körgazma davomida turli tadbirlar ötkaziladi.
Körgazmada Toşkent va Toşkent viloyati mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari va ixtisoslaştirilgan maktab-internetlarda tahsil oluvçi imkoniyati çeklangan bolalarning ijod namunalari namoyiş etildi.
Bolalarning intellektual, ijodiy va madaniy rivojlanişiga ularning san'at va madaniyatga qiziqişlarini orttiriş yöli bilan kömak beriş “Sen Yolg’iz Emassan” jamğarmasi faoliyatining asosiy yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Körgazmada Özbekistonning YuNeSKOdagi doimiy vakili, Respublika bolalar ijtimoiy moslaşuv markazi vasiylik kengaşi raisi va “Sen Yolg’iz Emassan” Respublika jamoatçilik bolalar jamğarmasi raisi Lola Karimova-Tillayeva kiriş nutqi sözladi.
“Salom qadrli bolalar! Bugun biz siz bilan sizning badiiy işlaringiz “Mening ezgu orzuim” körgazmasini oçmoqdamiz. Men har bir insonning hayotidagi barça narsa orzudan boşlanadi deb öylayman, bu har birimizning hozirimiz va kelajagimizni belgilaydi. Mening ezgu orzuim – sizning barça intilişlaringiz amalga oşsin. Biz esa, öz navbatida buning uçun qölimizdan kelgan barça narsani qilişga harakat qilamiz.
Mening qadrli yoş rassomlarim, bugun siz bilan birga tilaklar bildiramiz va bir-birimiz bilan bizning orzularimiz yaşaydigan dunyo bilan özaro örtoqlaşamiz.
Keling sayohatni boşlaymiz!”, deb aytdi Lola Karimova-Tillayeva.
Bolalar öz rasmlarida dunyoni göyoki yangidan yaratganday böldilar va bu dunyo ezgu, iliq va şinam bölib yaraldi. Baxtli oila, porloq va muvaffaqiyatli kelajak – aynan şu narsalarni bolalar rasmlarida köriş mumkin böldi. Körgazma doirasida asfaltda rasm çiziş tanlovi bölib ötdi.
Tadbirning sönggida ezgu niyatlar bildirilgan pufaklar osmonga uçirildi. Har bir iştirokçi qoğozda özining ezgu niyatini yozib, uni osmonga uçirdi.






