2015 yilning 2 iyun kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari, taşqi işlar vaziri Raşid Meredov bilan uçraşdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş masalalari, Özbekiston va Turkmaniston taşqi siyosat idoralari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş yöllari va mexanizmlari muhokama qilindi.

Şuningdek, bölajak oliy darajadagi uçraşuvga tayyorgarlik nuqtai nazaridan özaro manfaat kasb etgan Özbekiston-Turkmaniston aloqalarini mustahkamlaş istiqbollari körib çiqildi.

Ikki davlat TIV rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.

Muzokaralarda Turkmanistonning Özbekistondagi elçisi Şiri Şiriyev iştirok etdi.