29 may kuni Qirğiziston politsiyasi Öş şahrida Suriyaga ketmoqçi bölgan ikki ayolni qölga oldi. Bu haqda içki işlar vazirligi bayonotida xabar qilindi.
Aytilişiça, ayollar bir erkak tomonidan “yollangan”. Yollovçi ham qölga olingan. Ta'kidlanişiça, u hali voyaga yetmagan Qorasuv fuqarosidir. Uning amakisi Diyorbek ayni paytda Suriyada istiqomat qilib kelmoqda. Aynan uning talaba bilan jiyani ayollarni Suriyaga yuboriş bilan şuğullanib kelgan.