Şimoliy Karolina ştatidan bölgan respublikaçi senator Lindsi Grem 1 iyun kuni özining ona şahri Sentralda 2016 yilda bölib ötadigan AQŞ prezidentligi uçun saylovda iştirok etiş niyati borligini ma'lum qildi.

Grem hozirda 59 yoşda bölib, Washington Post naşrining yozişiça, uning nomzodi respublikaçilar saflaridagi konservatorlar qarşiligiga uçraşi mumkin. U 2013 yilda bir qator muhojirlarga fuqarolik beriş töğrisidagi qonun loyihasini ilgari surgan edi.

Hozirga qadar respublikaçilardan senatorlar Ted Kruz, Rend Pol, Marko Rubio, Arkanzas ştati sobiq gubernatori Mayk Xakabi, neyroxirurg Ben Karson, Nyu-York ştati sobiq gubernatori Jorj Pataki, Pensilvaniya ştatidan sobiq senator Rik Santorum va Hewlett-Packard kompaniyasi sobiq rahbari Karli Fiorina 2016 yilgi prezidentlik saylovida iştirok etişini bildirgan.

Demokratlardan esa sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton, Vermont ştatidan mustaqil senator Bernard Sanders mamlakat rahbarligi uçun saylovda iştirok etişini e'lon qilgan.