Moskvada avtobus bekatiga bola taşlab ketmoqçi bölgan özbekistonlik ayol qölga olindi. Bu haqda “BaltInfo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Aniqlanişiça, şahardagi 4-sonli tuğruq uyi yaqinidagi avtobus bekatidan yangi tuğilgan qizça topilgan. Uning yonida tuğilganlik haqidagi guvohnoma ham bölgan. Oradan 15 daqiqa ötgaç, huquq-tartibot xodimlari qizaloqni taşlab ketgan, mehnat muhojiri bölgan ayolni qölga olişdi.

Suriştiruv işlari davomida ma'lum bölişiça, qizça 5 may kuni 23 yoşli özbekistonlik ayol tomonidan dunyoga keltirilgan. Bolaning onasi farzandini dugonasiga taşlab, öz yurtiga ketib qolgan. Dugonasi, öz navbatida, qizaloqdan qutuliş uçun uni bekatda qoldirib ketgan.