Gruziyaning sobiq prezidenti hamda Ukrainaning Odessa viloyatida amaldagi gubernator hisoblanuvçi Mixail Saakaşvili viloyatdagi 27 tumandan 24tasidagi rahbarlarni almaştirişga tayyorlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

"Bu viloyatda 27ta tuman mavjud. Ulardan 3tasiga yaqindagina yangi rahbarlar tayinlangan. 24tasiga ham yangi rahbarlar tayinlaş kerak, tanlov asosida yangi jamoa tuzamiz. Men bu tanlov orqali butun Ukraina böylab nomzodlarni Odessaga çaqiraman", deydi Saakaşvili Gruziyaning "Rustavi 2" telekanaliga bergan intervyusi çoğida.

U yangi islohotlar uçun yangi jamoa zarurligini ta'kidlagan. Şuningdek, undan qaysidir hokimni öz örnida qoldirişni sörab telefon qilişsa, uni birinçi navbatda işdan böşatişini aytgan.