AQŞ Rossiyadan Yevropa Ittifoqi rasmiy şaxslariga Rossiyaga kirişning taqiqlanişi bilan boğliq vaziyatni tuşuntirib berişni söramoqda. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti vakiliga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Biz Yevropa Ittifoqining Rossiya tomonidan YeIning bir qator siyosatçilariga Rossiyaga kirişni taqiqlovçi “stop-list”i borasidagi xavotiriga qöşilamiz. AQŞ barça davlatlarda viza qonunlarining qonuniy bajarilişini qöllab-quvvatlaydi va Rossiya hukumatidan bu taqiqlov qanday yuridik standartlarga asoslanişini tuşuntirib berişini söraydi”, deb aytmoqda manba.
Avvalroq Yevropaning bir qator naşrlarida Rossiyaning mamlakatga kirişni taqiqlovçi “qora röyxati” çop etilgan edi. Bu röyxatga asosan Boltiqböyi davlatlari, Polşa, Şvetsiya va Buyuk Britaniya rahbar şaxslari kiritilgan.






