3 iyun kuni Yangi Zelandiyada ötayotgan yoşlar örtasida jahon çempionatining ikkinçi turi doirasidagi öyinlar ötkazildi.

Dastlab, S" guruhi vakillari Portugaliya va Qatar örtasidagi uçraşuvda portugallar osiyoliklarni 4:0 hisobida mağlub etişdi. Gollarga Andre Silva (34), Ivo Rodriges (42, 66) va Joao Vigaro (74) mualliflik qilgan. Bu ğalabadan keyin portugaliyalik yoşlarning oçkolari 6taga yetdi va jamoa guruhdan çiqiş vazifasini muddatidan olin hal qildi.

Guruhdagi ikkinçi öyinda Senegal va Kolumbiya örtasidagi uçraşuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Öyindagi gollar Mamadu Tiam (34) va Aleksis Zapata (74-pen.) hisobiga yozilgan.


"D" guruhi vakillari Meksika va Urugvay örtasidagi uçraşuvda meksikaliklar öyinga qöşib berilgan vaqtda Gutiyeresning goli evaziga ğalabani ilib ketişdi.

Serbiya va Mali örtasidagi uçraşuvda esa har bir bölimida bittadan töp kiritgan yevropaliklar afrikalik tengdoşlarini mağlub etdi.

Qayd etiş joizki, uşbu guruhda beşta terma jamoa kuraş olib bormoqda. Braziliya yoşlar termasi bu turda dam olgan, ularning hisobida bir öyinda bir ğalaba mavjud.