Rossiyaning LUKOyl neft kompaniyasi 2018 yilga qadar Özbekiston hududida gaz qazib oliş hajmini 4 barobarga köpaytiradi. Ta'kidlanişiça, Qandim konining işga tuşirilişi tufayli qazib olinayotgan resurs hajmini 16 mlrd kubometrga yetkaziş rejalaştirilmoqda.
“Bugungi kunda Özbekiston hududidan kompaniya 4 mlrd kubometrdan ortiq gaz qazib olmoqda, – dedi kompaniya rahbari Vohid Alekperov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida. – 2018 yili bu körsatkiç 16 mlrd kubometrni taşkil qiladi. Biz özimiz qazib olgan resurslarni “Özbekneftgaz”ga sotamiz, ular esa, öz navbatida, gazning asosiy hajmini Xitoyga sotadi. Qandim bugungi kunda Özbekiston hududida ma'lum eng yirik konlardan biridir. Uni biz 2018 yilgaça işga tuşiramiz. Undan boşqa, boşqa kiçikroq konlar ham mavjud”.