7 mingga yaqin turist Yaqin Şarq respirator sindromi koronar virusiga (MERS) çalinganişdan qörqib, Janubiy Koreyaga rejalaştirilgan safarlardan voz keçdi.

Renxap agentligining Koreya turistik taşkiloti ma'lumotlariga tayanib keltirişiça, şu hafta duşanba kuni bekor qilingan yöllanmalar miqdori 2.5 mingtani taşkil qilgan edi. Ammo keyingi kuni keçgaça bundaylar soni 7 ming kişiga yetgan. Eng köp yöllanmalar Xitoy va bir qator Osiyo davlatlari fuqarolari tomonidan bekor qilingan.

Janubiy Koreyada Yaqin Şarq respirator sindromi koronar virusiga (MERS) çalinganlar soni 35 kişiga yetdi. Virus tarqalişi oqibatida 2 kişi vafot etdi. Karantinga tavsiya qilingan odamlar soni 1 300 kişiga yetdi. Ulardan 398 nafari allaqaçon kasallikka çalinib bölgani taxmin qilinmoqda.