4 iyundan Qirğizistonda ruli öng tomonda joylaşgan maşinalarni olib kiriş va röyxatdan ötkazişga taqiq kuçga kiradi. Bu haqda davlat röyxatga oliş xizmati xabar bermoqda.

Bu boradagi qonun 26 fevral kuni mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev tomonidan imzolangan edi. Faqatgina çet elliklarga tegişli, 6 oydan ortiq bölmagan muddatga olib kiriladigan maşinalar bundan mustasno.

Bundan taşqari, taqiq kommunal va qişloq xöjaligi, quriliş va yöl ta'miri ehtiyojlariga qaratilgan maşinalar, avtokranlar, avtoburğular va yana ba'zi transport vositalariga tegişli emasligi aytilmoqda.