Saudiya Arabistoni rasmiylari politsiya patruliga hujum qilişda va ikkita masjidda qöporuvçilik harakatlarini amalga oşirişda gumon qilinayotgan 16 nafar şaxs uçun pul mukofotlari e'lon qildi. Bu haqda Gulfnews.com resursi xabar qilmoqda.
Içki işlar vazirligi vakili Mansur at-Turkiyning ta'kidlab ötişiça, bu şaxslar haqida axborot taqdim etganlarga 1 mln riyol mukofot beriladi. Agarda taxminiy guvoh birdan ortiq jinoyatçini qölga olişga yordam bersa, 5 mln riyol, qöporuvçilik harakatining oldini olişga kömaklaşgan taqdirda esa 7 mln riyol mukofot oladi.
Bundan taşqari, at-Turkiy gumondorlar bilan aloqada bölgan, ularga yordam bergan har qanday odamlar jinoiy javobgarlikka tortilişini aytib ötdi.






