"Palermo"ning argentinalik hujumçisi Paulo Dibala 32 mln yevro evaziga "Yuventus" futbolçisiga aylandi. Bu haqda turinliklarning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Jamoa bu hujumçi bilan 5 yillik şartnoma imzolagan.

Futbolçi esa turli bonuslar bilan qöşib hisoblaganda yiliga 8 mln yevro işlaşi mumkin böladi.

21 yoşli bu futbolçi 2014-2015 yilgi mavsumda "Palermo" safida 34 öyinda maydonga tuşib, 13 gol hamda 12ta golli uzatmani amalga oşirgan.