Deloitte xalqaro audit kompaniyasi Angliya premer-ligasi klublari daromadidagi ösiş körsatkiçlarini qayd etdi. Bu haqda VVS naşri xabar tarqatdi.
2013/2014 yilgi mavsum yakunlariga köra, jamoalarning daromadi 29 foizga ösgan bölib bu körsatkiç 3,26 mlrd funt sterlingni taşkil qilgan. Mazkur daromadlarning 54 foizi öyinlar translyatsiya huquqini sotilişidan kelgan.
Ta'kidlab ötiş joiz, APL klublarining daromadi La-liga va Italiya A seriyasi kulblarining daromadini qöşib hisoblaganda ham köproq körsatkiçni qayd qilgan. Şuningdek Bundesliga klublari daromadidan bu körsatkiç 1 mlrd funt sterlingga köproq.
Eng katta daromad «Mançester Yunayted»ga tegişli – 433 mln. funt, eng kam daromad körgan jamoa esa «Kardiff Siti» (83 mln. funt sterling) bölib turibdi.
Qöşimça qilib ötiş kerak, Angliya ikkinçi divizioni – chempionship daromadlari ötgan yilgiga nisbatan 12 foizga oşib, jami daromad 491 million funt sterlingni taşkil qilgan.






