AQŞ Harbiy-havo kuçlari ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilgan, jangarilardan birining selfi uslubidagi surati evaziga "IŞID" bazasini yöq qilişga muvaffaq bölganini ma'lum qildi. Bu haqda AQŞ generali Gerbert Karlaylga iqtibos keltirgan holda DefenceTech portali xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, jangarining "IŞID" guruhi qarorgohi oldida tuşgan surati jihodçilarning bloglari monitoring qilinganda topib olingan.

“Xodimlarimiz ijtimoiy tarmoqlarni tekşirayotganda oçiq forumda öz qarorgohlarining imkoniyatlari bilan maqtangan jangarilar guruhidagi bir tentakka közlari tuşib qoldi”, deb ta'kidlab ötdi Karlayl.

Harbiylarga bu bazani topiş va uni yöq qiliş uçun bir kundan kamroq vaqt talab etilganligi aytilmoqda.