2000 yildan buyon Özbekiston yalpi içki mahsulotining energetik samaradorligi körsatkiçlari ikki barobarga ösdi, deb xabar bermoqda "Gazeta.Uz". Bu haqda “Energiya samardorligi – iqtisodiyotni yanada rivojlantirişdagi boş omil” mavzuida ötkazilgan konferensiya çoğida bayonot berildi.
Tadbir iqtisodiyot vazirligi va Jahon banki vakolatxonasi tomonidan taşkil etildi.
“Özbekiston YaIM energiya samaradorligi 2000 yildan buyon neft ekvivalentida 0.98 tonnadan 0.48 tonnaga oşdi, va bu tendensiya yanada rivojlanib boriş salohiyatiga ega”, – deyiladi vazirlik materiallarida.
Ayni paytda mamlakatda sanoatda energiya samaradorligini oşiriş dasturi amalga oşirilmoqda. Loyihani moliyalaştiriş uçun 125 mln dollar miqdordagi mablağ Jahon banki tomonidan ajratildi. Sohadagi investitsiyalar energetik tizimlarni va sanoat uskunalarini almaştiriş va modernizatsiya qiliş, isitiş uçun ikkilamçi issiqlikni qöllaş, muqobil energiya manbalarini rivojlantirişga yönaltirilmoqda.