Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Mahkamasi mamlakat Prezidentiga Qirğiziston bilan migratsiya rejimiga yengilliklar kiritiş töğrisidagi şartnoma imzolanişi böyiça taklif kiritdi. Bu haqda Qaror hukumat rasmiy saytida e'lon qilingan.
«Kelişuv loyihasiga köra, ikkala mamlakat fuqarolarining migratsiya davrida vakolatli organlarda majburiy röyxatdan ötiş muddatini 30 kun içida amalga oşiriş imkoniyatini beradi», deyiladi hujjatda.
Bu muddat fuqaroning bir davlatdan boşqa davlatga kelganini bildiruvçi çegara xizmatçilari tomonidan qöyilgan muhr kunidan boşlab hisobga olinadi. Agar bu muddat 30 kundan oşadigan bölsa, fuqaro vakolatli organlar orqali majburiy röyxatdan ötişi kerak böladi.
Mazkur hujjat Rossiya hukumatining 2015 yil 28 maydagi yiğilişi paytida körib çiqilgan va ma'qullangandi.






