Söfi Polvonov va Şerali Yusupov ismli ikki nafar özbekistonlik 2014 yil sentabr oyida Astraxan şahridagi Krasnoyarsk tumanining Vatajnoye qişloği yaqinida joylaşgan “Putnik” qahvaxonasi yonida 6 yoşli bolani maşinaga ötkazib öğirlab ketişgan. Erkaklar bolani Astraxanning Trusov tumanidagi işlab çiqariş binosiga olib kelişgan. Ular bolaning ota-onasidan bolaning ozod etilişi uçun 1 mln rubl söraşni rejalaştirişgan.
Tergov muassasalari tomonidan yiğilgan isbotlar sud tomonidan hukm çiqariş uçun yetarli deb topildi. Krasnoyarsk tuman sudi ikki nafar özbekka Rossiya Jinoyat kodeksining “Baloğatga yetmaganlarni guruh tarzida ğarazli niyatda til biriktirgan holda öğirlaş” moddasi böyiça qat'iy tartibdagi koloniyada jazoni ötaş orqali 7 yilga ozodlikdan mahrum etiş jazosini çiqardi.