Qirğizistonning Bişkek şahrida yunon-rum kuraşi böyiça ötkazilayotgan xalqaro xotira turnirida Özbekiston terma jamoasi a'zolari muvaffaqiyatli iştirok etişyapti. 75 kg vazn toifasida gilamga çiqqan Dilşod Turdiyev barça raqiblarini mağlubiyatga uçratib, oltin medalni qölga kiritdi.
59 kg vazn toifasidagi bahslarda öz imkoniyatini sinovdan ötkazgan Feruza Töxtayeva kumuş medalga sazovor böldi. 80 kg vazndagi hamyurtimiz Besiki Soldadze esa bronza medali bilan taqdirlandi.






