5 iyun kuni Toşkentda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakolatxonasining Özbekistonda iş boşlaganiga 20 yil tölişi munosabati bilan Özbekiston va Janubiy Koreya hamkorligiga bağişlangan simpozium ötkazildi.
Uşbu tadbirda ikki mamlakatning taşqi iqtisodiy aloqalar, moliya, savdo, sarmoya, yoqilği-energetika, sayyohlik, bojxona, soğliqni saqlaş, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş kabi qator sohalar uçun mas'ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari iştirok etdi.
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov agentlikning Özbekistondagi faoliyatiga 20 yil tölgani bilan öz tabrigini bildirdi va hamkorlik barça jabhalarda izçil rivojlanib borayotganini ta'kidladi.
Rustam Azimovning qayd etişiça agentlik bilan hamkorlikda ötgan yigirma yil mobaynida soğliqni saqlaş, ta'lim, axborot texnologiyalari, kommunal xöjaligi, qişloq va suv xöjaligi, energetika kabi sohalarda qariyb 78,95 million AQŞ dollari miqdorida 24 loyiha bajarildi.
Simpoziumda Özbekiston Prezidenti Islom Karimovning joriy yilning 27-29 may kunlari Koreya Respublikasiga davlat taşrifi ikki tomonlama munosabatlarni yanada yuqori bosqiçga olib çiqdi. Mazkur taşrif doirasida ikki mamlakat örtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boşqa sohalarga oid 60 hujjat imzolangani eslatib ötildi.






