Sankt-Peterburg şahrining Viborg tumani sudi “Zenit” jamoasi futbolçisi Andrey Arşavinning mulkini hibsga oldi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.
Xabar berilişiça, bu hibsga oliş sportçi biznes-hamkoriga kafillik bergani uçun hamkoridan qarz undiriş işi böyiça amalga oşirilgan.
“Arşavinning biznes-hamkori Pyotr Tingayevdan qarz undiriş böyiça sud jarayoni mavjud bölib, Arşavin bu jarayonda faqatgina kafil sifatida iştirok etmoqda. Arşavinning özi ham hamkorining faoliyatidan zarar körgan. Hibsga olingan mulk 5 mln rubl atrofida baholanmoqda”, deb xabar berilmoqda.






