"Arsenal" jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger Zlatan Ibrahimoviç atrofidagi voqealarni diqqat bilan kuzatmoqda. Parijni tark etişni istayotgan bu şvetsiyalik futbolçi Londonga kelişi mumkin. Bu haqda Italiyadagi Tuttomercatoweb naşrida xabar berilgan.
Xabarda yozilişiça, Ibrahimoviç Fransiyadagi hayotidan va öziga bölgan munosabatdan norozi bölib, yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etiş haqida öylamoqda. U bilan "Arsenal"dan taşqari "Milan", "Çelsi" va "Liverpul" jamoalari ham qiziqişmoqda.
Tuttomercatoweb naşrida aytilişiça, uning jamoadagi örni qançalik muhim bölişiga qaramasdan, rahbariyat ham uni "Arsenal" taklif etayotgan 11 mln funt evaziga sotişi mumkin. Çunki, uning parijliklar bilan amaldagi şartnomasi muddati tugaşiga 1 yil qolmoqda.






