Rim papasi Frantsisk rasmiy safarlar hamda Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonida har hafta ötkaziladigan audiyentsiya uçun yangi avtomobilga ega böldi. Endi katolik çerkovi rahbari usti oçiq Hyundai Santa Fe maşinasida yuradi.

Bunga qadar u Mercedes-Benz M-Class bazasida yaratilgan papamobil işlatar edi. Maşinaning öziga xosligi şunda ediki, kuzovining orqa qismiga zirhli şişa kapsula örnatilgan edi. Bunday zirhlarni 1981 yili Ioann Pavel II ga uyuştirilgan suiqasddan söng papalarning maşinalariga örnata boşlagan edilar. Hyundai maşinasida bunday kapsula yöq.
Texnik tavsifga kelsak, avtomobil 2.2 litrli dizelli dvigatel bilan ta'minlangan.