2015 yil 9 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 ta kodeks hamda 6 ta qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi Qonunga imzo çekkanligi haqida xabar berilgandi.
Qonunga köra, Fuqarolik protsessual kodeksiga ham özgartiş va qöşimçalar kiritilgan.
Uşbu özgartirişlarning ahamiyatli tomoni, 2016 yil 1 yanvar kunidan boşlab fuqarolik sudlariga internet orqali ham arizalar topşiriş mumkin böladi.
Xususan, Fuqarolik protsessual kodeksining 1-moddasi quyidagi mazmundagi 4-qism bilan töldirildi:
"Sudga murojaat qiliş uşbu Kodeksda belgilangan şakllarda amalga oşiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga axborot tizimi orqali elektron şaklda yuborilişi mumkin". Fuqarolik protsessual kodeksi, 1-modda.
Bundan taşqari, endilikda sudga çaqiruv qoğozlari, sudning çiqargan ajrim, hal qiluv qarorlari va tuşuntirişlar (e'tirozlar) taraflarga elektron körinişda, internet tarmoği orqali yuborilişi mumkin böladi.
Eslatib ötiş joiz, 2013 yil 30 apreldagi qonunga köra, xöjalik sudlariga internet orqali ariza topşiriş mumkinligi belgilab qöyilgan edi va bugungi kunda Oliy Xöjadik Sudining rasmiy sayti – http://economical-court.uz orqali xöjalik sudlariga da'vo arizalari qabul qilinmoqda.






