Yevropaning Airbus aviakonserni 2015 yilda 17 donagaça A400 yuk samolyoti yetkazib berişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya tarkibidagi harbiy-sanoat bölimi rahbari Fernando Alonso ma'lum qildi.
“Samolyotni quriş böyiça işlar davom etmoqda. Biz yaqin kunlarda A400 samolyotlarini yetkazib berişni yana boşlaş uçun ruxsat olişni kutmoqdamiz. Bu amalga oşsa, biz şu yili buyurtmaçilarga 13 tadan 17 tagaça samolyotni yetkazib berişni möljallamoqdamiz”, deb aytmoqda Alonso.
A400M samolyoti 9 may kuni Sevilyada falokatga uçragan edi. Oqibatda 4 kişi halok bölgan. Samolyot Airbus ning mahalliy zavodida yiğilgandan keyin sinov parvozi paytida qulagan. Samolyot Turkiya Harbiy-havo kuçlari uçun möljallangan edi.
Falokatdan keyin Buyuk Britaniya, Germaniya, Malayziya va Turkiya Airbus ning yangi harbiy-transport samolyotlaridan foydalanişni vaqtinçalik töxtatib qöydi.
Avvalroq A400 ga umumiy miqdorda 8 ta davlatdan 174 ta buyurtma tuşgani ma'lum qilingandi. Ayni paytda buyurtmaçilarga 12 ta samolyot yetkazib berilgan.






