World Justice Project xalqaro nohukumat taşkiloti 2015 yilgi qonun ustuvorligi indeksini e'lon qildi (The Rule of Law Index 2015).
Reytingdan joy olgan 102 mamlakat sakkiz kriteriy böyiça baholandi: hokimiyat institutlari vakolatlarining çeklanişi, korrupsiya darajasi, tartib va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, hokimiyat institutlari faoliyatining şaffofligi, qonunlarga rioya qilinişi, fuqarolik sudi, jinoiy sud.
Reytingning yetakçilari Daniya, Norvegiya, Şvetsiya, Finlyandiya va Niderlandiya böldi. Şuningdek, kuçli önlikka Yangi Zelandiya, Avstriya, Germaniya, Singapur va Avstraliya kirdi.
Röyxat oxiridan örin olgan mamlakatlar Zimbabve, Afğoniston va Venesuela böldi.
Özbekiston joriy röyxatda 81-öringa munosib körildi. Ötgan yili u 73-öringa qöyilgan edi.
Qozoğiston 65, Ukraina 70, Xitoy 71, Qirğiziston 74, Rossiya 75-öringa qöyildi. Tojikiston va Turkmaniston röyxatga kiritilmadi.
Qonun ustuvorligi indeksi 2010 yilda işlab çiqilgan bölib, adolat va qonuniylikning universal prinsiplar asosiga quriladi.