Özbekistonda mintaqalarni axborotlaştiriş böyiça sinov loyihalari boşlanadi. Sinov loyihalari Toşkent şahrining Sirğali va Toşkent viloyatining Pskent tumanlarida amalga oşirilişi tasdiqlandi.

Uşbu hududlarda Özbekiston prezidentining 2013 yil 26 martidagi 2518-raqamli “2015 yilda IKT sohasidagi hamkorlik böyiça Özbekiston-Koreya qöşma loyihasi töğrisida”gi qarori doirasida dasturlar işga tuşiriladi.
Koreya axborotlaştirişni tadqiq etiş va rivojlantiriş instituti delegatsiyasi mintaqaviy organlar tayyorgarligini tekşiriş hamda ma'muriy işlarni axborotlaştiriş böyiça boş rejani işlab çiqiş maqsadida Toşkentga taşrif buyurdi. Delegatsiya rejani muhokama qiliş uçun bir qator uçraşuvlar ötkazdi.

Uçraşuvlar davomida koreyalik mutaxassislar tomonidan quyidagi mavzudagi loyihalar taqdim qilindi:
1) Local Informatization Master Plan for Uzbekistan (Özbekistonni mintaqaviy axborotlaştiriş böyiça boş reja);
2) Understanding BPR and its applications (BPR haqida tuşunça va uning qöşimçalari).
Koreya delegatsiyasi hokimiyat tomonidan xizmatlar körsatilişi jarayonini sinçiklab örganiş maqsadida Toşkent hokimiyatida iş olib bordilar. Bundan taşqari, ular Sirğali tumani hokimiyatida uçraşuvlar ötkazdi.