Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi Makkaga boradigan xaj ziyoratçilarini MERS virusidan ogohlantirmoqda. Bu haqda vazirlik vakili Altay Abibullayev xabar bermoqda.
Avvalroq Yaqin Şarq respirator sindromi (MERS) koronavirusidan Janubiy Koreyada halok bölganlr soni 7 nafarga, kasallanganlar soni 95 nafarga yetgani ma'lum qilingandi.
“Agar bu virusning Janubiy Koreyada tarqaliş tarixiga qaraydigan bölsak, unda Yaqin Şarqdan qaytgan mamlakat fuqarosi birinçi kasallangan odam böldi. 18 iyunda rözai-ramazon oyi boşlanadi. 30 kundan keyin bizning fuqarolar Saudiya Arabistoniga xaj ziyoratini amalga oşirgani boradilar. Bu davlatda uşbu virusdan halok böliş hollari qayd qilingan. Şu munosabat bilan biz juda ehtiyot bölişimiz kerak”, deb aytdi Abibullayev uşbu munosabat bilan ötkazilgan matbuot-anjumanida.
Abibullayev, şuningdek, Janubiy Koreyaga yöl oluvçi fuqarolarni ham bu xavfdan ogoh qildi.
“Biz harakatlaniş huquqini taqiqlab qöya olmaymiz – bu har bir fuqaroning mustaqil huquqidir, biroq biz e'tiborni qaratişni va odamlarning juda ehtiyot bölişini istardik”, deb aytdi Abibullayev.






