58 va 69 yoşli ikki nafar rohiba Rimda ötgan hafta, juma kuni elektr ta'minotidagi nosozliklar sababli monastir lifti içida uç kun suvsiz va yeguliksiz qolib ketişdi. Ayollar yordamga çaqirişdi, biroq hamma dam olişga ketgani sababli binoda ulardan boşqa heç kim bölmagan.

Faqatgina 8 iyun, duşanba kuni ertalab ularni farroş körib qoldi. Rohibalar şifoxonaga taşnalik alomatlari bilan yetkazilgan. Ayollarning aytişiça, ular lift içida qolib ketganlarida zör berib ibodat qilişgan.